Samarqandda tashqi reklama, peshlavha va boshqa axborot matnlarining davlat tili qoidalariga mos kelish holati o‘rganildi
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini o‘rganish maqsadida Samarqand viloyatiga keldi.
Tashrif davomida Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shahri, Bulung‘ur, Jomboy, Oqdaryo, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on va Samarqand tumanlarida bo‘lib, tashqi reklamalar, peshlavha va boshqa axborot matnlarining davlat tili qoidalariga mos kelishi holatini ko‘zdan kechirdi.
Shu kunning o‘zida viloyat axborot-kutubxona markazida shahar va tuman maslahatchilari bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda departament mudiri viloyatda erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va galdagi vazifalar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlandi.
Sherali TEMIROV,
viloyat hokimi maslahatchisi.