Samarqandda tilshunoslik masalalariga bag‘ishlangan X xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi

21-22 dekabr kunlari Samarqand shahrida Xorijiy tillar va amaliy tilshunoslikni o‘qitish (FLTAL) masalalariga bag‘ishlangan X xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Tadbir “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti tomonidan Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti hamda “Research Support Center” bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. "Ko‘p tilli shaxsning ijodiy salohiyati: chet tilini o‘rganish jarayoniga ko‘p tillilik omilining tasiri masalasi” mavzusidagi mazkur xalqaro konferensiya “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetida o‘tkaziladi.

Ma’ruzalarning o‘zbek, rus yoki ingliz tillaridagi tezisi elektron shaklini 2020 yilning 20 dekabriga qadar quyidagi rasmiy sayt orqali jo‘natishingiz mumkin: http://e-science.uz/silk_road_ru

Konferensiya to‘plamida chop etilgan tezislar GOOGLE SCHOLAR xalqaro bazasida indekslanadi va DOI raqamiga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun telefon: +998 33 233 00 33