Samarqandda turizm maskanlariga olib boruvchi ekspress avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

Bu haqda Transport vazirligi xabar qilmoqda. Shu maqsadda quyidagi 4 ta yo‘nalishda shahar ekspress avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi:

1 Ye-sonli “Temir yo‘l vokzali – Konigil turizm qishlog‘i”;

2 Ye-sonli “Amir Temur maqbarasi – Boqiy shahar turizm markazi”;

3 Ye-sonli “Amir Temur maqbarasi – Aeroport”;

4 Ye-sonli “Amir Temur maqbarasi – Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi”.

Shuningdek, 2 Ye-sonli “Amir Temur maqbarasi – Imom al-Buxoriy ziyoratgohi” shahar atrofi ekspress avtobus yo‘nalishi ochiladi.

2024 yilning 23 yanvar kuni Samarqand viloyati hududidagi shahar va shahar atrofi ekspress avtobus yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.