Samarqandda uch avlod vakillari uchrashdi
Samarqand shahar «Nuroniylar maskani»da «Uch avlod uchrashuvi" tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Respublika "Nuroniy" jamg‘armasi boshqaruvi mas’ul xodimi Umrzoq Rahmatov, Oliy Majlis Senati a’zosi Farmon Toshev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari - Nurali Qobil, Shahodat Isaxonova hamda uch avlod vakillari ishtirok etdi.
Tadbir Markaziy harbiy okrug Samarqand garnizoni ma’naviyat va ma’rifat markazining chiqishlari bilan boshlandi. So‘ngra keksa avlod vakillari o‘zlarining bosib o‘tgan hayot yo‘llari haqida yoshlarimizga batafsil so‘zlab bergan bo‘lsalar, yoshlarimiz ham ilmga, bilimga chanqoq ekanliklarini o‘zlarining sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etdilar. Nurali Qobul va Shahodat Isaxonovaning keksalar va yoshlar adabiyoti, nazm va nasr haqidagi fikrlari ko‘pchilikka manzur bo‘ldi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga respublika "Nuroniy" jamg‘armasi boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyevning tashakkurnomasi hamda viloyat "Nuroniy" jamg‘armasining esdalik sovg‘alari topshirildi.