Samarqandda veb-saytlar orqali aholidan pul undirgan kiberjinoyatchilar qo‘lga tushdi
- 21.01.2019 13:14
- 189
- Samarqand

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi kiberjinoyatchilik haqida ma’lumotiga ko‘ra, Samarqand viloyatida bir guruh shaxslar tomonidan «OLTINYUL.UZ» va «E-SUM.UZ» veb-saytlari orqali fuqarolarni mulkiy manfaatga qiziqtirib, «Moliyaviy piramida» loyihasi tuzilgan.
Shu asosda 8 200 nafardan ziyod fuqarodan jami 450 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari yig‘ilib, ushbu guruh tomonidan o‘zlashtirilgan.
Holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan N.R. va uning sheriklariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188(1)-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 1 soat avval
- Maslahat
Mutolaa: KO‘NGIL. Hikoya
- 2 soat avval
- Mutolaa
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- 2 soat avval
- Mutolaa