Samarqandda yana bir giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda viloyat DXX boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Urgutda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro H.H. 600 ming so‘mga 2 dona rangsiz selofan paketga o‘ralgan “geroin” giyohvandlik moddasini xaridorga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, vazni 0.08 gramga teng bo‘lgan “geroin” giyohvandlik moddasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xabariga ko‘ra, hozirda mazkur holat bo‘yicha yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.