Samarqandda yangi o‘quv yilida 78.897 nafar bola 1-sinfga qabul qilinadi
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, viloyatda 1238 ta umumta’lim maktablari mavjud bo‘lib, yangi o‘quv yilida 78.897 nafar bola 1-sinfga qabul qilinadi.
23 avgust holatiga ko‘ra, ularning 93,6 foizi, ya’ni 73.848 nafari qabul qilingan. Mazkur o‘quv yilida viloyat umumta’lim maktablarida 741.513 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olishi rejalashtirilgan.
Joriy yil viloyatimizda 1 ta yangi maktab qad rostlamoqda. 52 ta umumta’lim maktablarida rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu bunyodkorlik ishlariga investitsiya dasturi asosida 128,2 milliard so‘m ajratilgan. Shuningdek, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 65,0 milliard so‘m mablag‘ berildi.
Bundan tashqari, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan maktablarimiz obod va ko‘rkam maskanlarga aylanib, mustahkam moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lmoqda.