Samarqanddagi 78 ta madaniyat markazining 16 tasi binoga, 17 tasi rekonstruksiyaga, 6 tasi kapital ta’mirga muhtoj
Ma’lumotlarga ko‘ra, yoshlarning musiqa, rassomlik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish bo‘yicha 78 ta madaniyat markazlariga 4 turdagi 340 ta cholg‘u asboblari (180 ta doira, 120 ta rubob, 25 ta dutor, 15 ta g‘ijjak) tarqatilgan.
Joriy yil boshidan viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan (tasarrufida 121 ta tashkilot mavjud) 1243 ta madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib, yoshlarning 51 ming 863 nafari yoki 18,8 foizini qamrab olgan.
Umuman, viloyatda 78 ta madaniyat markazlarida jami 21 turdagi 510 ta to‘garaklarda 48 ming 200 nafar havaskorlar ro‘yxatga olingan. Bu ko‘rsatkich yoshlarning 17,5 foizini tashkil etadi.
Mavjud 78 ta madaniyat markazlarining 16 tasida bino yo‘q. 17 ta madaniyat markazi rekonstruksiyaga, yana 6 tasi kapital ta’mirga muhtoj.