Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi oshxona oldida janjallashgan fuqarolar IIBga olib kelindi

Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda bir kishini ayovsiz kaltaklashmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, 2021 yil 27 fevral kuni soat 23:00 larda Samarqand shahrining Panjikent ko‘chasida joylashgan oshxonalarning biridan 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro A.Sh. mast holatda chiqib, ushbu oshxonadan chiqqan, 1973 yilda tug‘ilgan K.B.ni haqorat qilib, yoqasidan ushlagan. Holatni ko‘rgan Q.B.ning yaqinlari ularni ajratgan.

Shu vaqt A.Sh. bilan birga oshxonaga kelgan tanishi B.B. ham mast holatda kelib, fuqaro Q.B.ni haqoratlagan. Oqibatda o‘zaro janjal kelib chiqqan.

Janjalda ishtirok etgan barcha fuqarolar IIBga olib kelinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 7-son IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.