Samarqanddagi qaysi oliy ta’lim muassasalarida kechki ta’lim shakli mavjud?
2022-2023 o‘quv yili uchun bakalavriatning kechki ta’lim shakli bo‘yicha ham talabalar o‘qishga qabul qilinadi. Samarqand viloyatida to‘rtta oliy ta’lim muassasasida kechki ta’lim shakli mavjud.
Kechki ta’lim shakli uchun viloyatdagi ayrim oliy ta’lim muassasalariga quyidagi qabul kvotasi ajratildi:
Samarqand davlat universitetiga – 275 ta kvota (o‘zbek, rus, tojik guruhlari uchun);
SamDUning O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga – 625 ta kvota (575 o‘zbek, 50 rus guruhlar uchun);
Samarqand davlat chet tillar institutiga – 950 ta kvota (870 o‘zbek, 80 rus guruhlar uchun);
Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga – 650 ta kvota (400 o‘zbek, 250 rus guruhlar uchun).
Shuningdek, yangi o‘quv yilidan respublikamizda bakalavriatning masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha ham ayrim oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilishga ruxsat berildi. Samarqandda bu yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali kompyuter injiniringi: (kompyuter injiniringi, AT-servis, multimediya texnologiyalari) hamda dasturiy injiniring yo‘nalishlariga 100 nafar talaba (70 o‘zbek, 30 rus guruhlar uchun) masofaviy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.