Samarqanddan yana 230 kishi muqaddas Haj ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga ketdi
- 28.07.2019 12:24
- 204
- Samarqand
Bugun erta tongdan viloyatimizdan muqaddas Haj ziyoratiga otlangan bo‘lajak hojilarning 230 kishidan iborat ikkinchi guruhi “Samarqand” xalqaro aeroporti orqali Saudiya Arabistonining Madina shahriga yo‘l oldi.
Muqaddas Makka va Madinani ziyorat qilish orzusida bo‘lgan hojilarni viloyat, tuman (shahar) hokimligi mutasaddilari hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi xodimlari hurmat-ehtirom bilan kuzatib qo‘ydi.
Avval xabar qilganimizdek, shu oyning 26 iyul kuni muqaddas farz amalini ado etish uchun ketgan 229 nafar hojilarning dastlabki guruhi hamda bugun yo‘lga chiqqan ziyoratchilar joriy yilning 23 va 26 avgust kunlari Samarqand xalqaro aeroportida kutib olinadi.
Teglar:
haj ziyorati
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa