Samarqandlik fidoyilar mukofotlandi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 28 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga davlat mukofotlari bilan taqdirlangan yurtdoshlarimiz qatorida Samarqanddan quyidagilar bor:
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN SPORT USTOZI” unvoni bilan
Ziyoyev Ural Abulqosimovich – Oqdaryo tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi yunon-rum kurashi bo‘yicha katta murabbiyi.
“DO‘STLIK” ordeni bilan
Bayjanov Allabergan Kadirovich – Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi bosh shifokori.
Buzina Olga Nikolayevna – Samarqand viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi direktori o‘rinbosari.
“ShUHRAT” medali bilan
Djabbarova Guliston Muzaparovna – Samarqand viloyati musiqali drama teatri oliy toifali vokal artisti.
Rizayeva Gulnora Shonazarovna – Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri aktyori.
Samarov Xonkul Qahhorovich – Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi tasarrufidagi Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasi mudiri (bugungi kunda Registon majmuasi direktori)
Mukofotlar muborak bo‘lsin!