Samarqandlik tadbirkorlar MIBga 459 marta murojaat qilgan

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi, shahar bo‘limlariga o‘tgan 6 oy davomida jismoniy va yuridik shaxslardan 13565 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 12729 tasi hal etilgan. Ushbu davrda 1835 nafar jismoniy va yuridik shaxslar vakillari qabul qilingan.

Hal etilgan murojaatlardan 13580 tasi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilish masalalariga doir bo‘lib, aliment undiruvlariga oid murojaatlar 9283 tani tashkil qildi, - deydi Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi katta inspektori Azamat Mirshayev. - Bu murojaatlarning 6019 tasi qanoatlantirildi va 5,6 milliard so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirib berildi.

Yarim yilda byuroning viloyat boshqarmasi hamda tuman va shahar bo‘limlariga tadbirkorlik sub’yektlaridan 459 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, 392 tasi hal qilindi. 154 tasi qanoatlantirilib, 238 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Ushbu murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida 126 ta tadbirkorlik sub’yektining huquqlari tiklangan.