Samarqandning 6 tumanida teri va junni qayta ishlovchi loyihalar ishga tushiriladi

Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi chog‘ida bergan topshirig‘iga asosan 2021 yilda Samarqand, Paxtachi, Nurobod, Kattaqo‘rg‘on, Jomboy va Qo‘shrabot tumanlarida 10 ta loyiha doirasida teri va junni qayta ishlash, granulali omuxta yem ishlab chiqarish va bo‘rdoqichilik komplekslari tashkil etiladi. Bunda 1,1 ming tonna jun, 45 ming dona teri va 900 tonna go‘sht yetishtirish hamda 3,9 million dollarlik qorako‘lchilik mahsulotlari eksport qilinadi. Natijada sohada 11 mingta ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, viloyatimizda baliq yetishtirishni o‘tgan yildagi 20 ming tonnadan 2021 yilda 30 ming tonnaga yetkaziladi. 29 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalarni, jumladan, 20 ming gektar maydonda tomchilatib sug‘orishni joriy qilish hisobiga 500 million metr kub suvni tejash imkoniyati yaratiladi.