Samarqandning sarxil uzumlari Amerika, Xitoy, Turkiya, Rossiya kabi davlatlarga eksport qilinyapti

Agrar-dehqonchilik sohasida ijobiy tajriba orttirgan, o‘z o‘rniga ega viloyatimizda ham uzum mahsulotlarini eksport qilish borasida katta salohiyat va imkoniyat mavjud. Eksportbop uzumlarni yetishtirish tobora rivojlanmoqda.

Xususan, joriy yilning bugungi kuniga qadar viloyatimizdan xorijga umumiy qiymati 11 ming AQSh dollari bo‘lgan vazni qariyb 9 ming tonna uzum mahsulotlari eksport qilingan.

Bunda jonbozlik ko‘rsatayotgan eksportchi korxonalar faolligini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Quvonarlisi shuki, ushbu tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari dunyo bozorlarida o‘z mahsulotlari bilan o‘rin egallamoqda.

Masalan, Samarqand tumanidagi “Sam Rin Treyd” qo‘shma korxonasi 2020 yil hosilidan chetga qiymati 1,1 mln. AQSh dollari, vazni 655 tonna, Jomboy tumani “To‘laqo‘rg‘on mevalari” fermer xo‘jaligi qiymati 0,7 mln. AQSh dollari, vazni 434,5 tonna hamda Kattaqo‘rg‘on tumani “Qoqsoy savdo barakasi” MChJ qiymati 0,5 mln. AQSh dollari, vazni 289,2 tonnaga teng uzum mahsulotlarini eksport qilishgan.

Bugun viloyatning 92 taga yaqin korxonalari tomonidan uzum mahsulotlarini eksport kilish yo‘lga qo‘yilgan.

Eksport qilinayotgan uzumlar ko‘lamini davlatlar misolida ko‘radigan bo‘lsak, asosan qiymati 2,8 mln. AQSh dollari, vazni 2 310,5 tonnaga teng Xitoy, qiymati 2,2 mln. AQSh dollari, vazni 1 381,8 tonnaga teng Turkiya, qiymati 1,5 mln. AQSh dollari, vazni 1 436,2 tonnaga teng  Rossiya, qiymati 1,0 mln. AQSh dollari, vazni 1 283,0 tonnaga teng Qozog‘iston va qiymati        0,4 mln. AQSh dollari, vazni 265, tonnaga teng Gruziya davlatlari ulushiga to‘g‘ri kelib, bundan tashqari yana 27 davlatning savdo rastalaridan o‘rin olmoqda.

Har bir korxonaning eksport operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarini qisqa vaqt mobaynida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish borasida bojxona xodimlari tomonidan 24 soat davomida yaqindan yordam ko‘rsatilmoqda.

Samaroqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.