Samarqand–Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan «Afrosiyob» yo‘lovchi poyezdi harakat vaqtida to‘xtab qolgan
- 31.05.2022 11:11
- 340
- Samarqand

«O‘zbekiston temir yo‘llari» xabariga ko‘ra, holat kecha, 30 may kuni kuzatilgan.
Shu kuni yuqori tezlikda harakatlanayotgan mazkur poyezd 17:40 da Jizzax–Zarbdor peregonida to‘xtab qolgan. Bunga bort tizimida nosozlik yuzaga kelgani sabab bo‘lgan.
Nosozlik 18:30 da bartaraf etilgach, yo‘lovchi poyezdi o‘z harakatini davom ettirgan.
«Yo‘lovchilardan uzr so‘rab, to‘g‘ri tushunishlarini so‘rab qolamiz», – deyiladi xabarda.
Teglar:
"Afrosiyob" poyezdi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand