SamDTI bitiruvchilari amaliyotni kadrlar yetishmaydigan hududlarda o‘tamoqda
Samarqand davlat tibbiyot institutining 5 va 6-bosqich talabalari talabalari amaliyotni Samarqand va Navoiy viloyatlarida o‘taydi.
Oliygohning 486 nafar talabasi amaliyot o‘tash uchun joylarga yuborildi. Talabalarning amaliy mashg‘ulotlarini doimiy nazorat qilish uchun institut professor-o‘qituvchilaridan tarkib topgan mas’ullar tayinlandi.
SamDTI rektori J.Rizayev Qo‘shrabot tumanining Jo‘sh mahallasida amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan uchrashdi, ular olib borayotgan faoliyat bilan tanishdi.
Amaliyot davomida talabalar tibbiy ko‘rik va davolash ishlarini amalga oshirish bilan birga aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar haqida va uning profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillarini kundalik hayotga tatbiq qilish, jismoniy faollik va uning ahamiyati kabi mavzularda targ‘ibot-tashviqot ishlarini ham olib bormoqda.
SamDTI axborot xizmati.