Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamDU rektori Rustam Xolmurodov Xitoyning eng nufuzli universiteti faxriy professori unvoniga sazovor bo‘ldi

Xitoyda o‘tkazilayotgan  “Ipak yo‘li universitetlari assotsiasiyasi” yig‘ilishida Si’an Jiatong universitetining prezidenti, professor Vang Shuguo Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovga Si’an Jiatong universitetining faxriy professori unvonini topshirdi.

Xitoyning  ushbu nufuzli universiteti 2015 yil yanvar oyida “Ipak yo‘li universitetlari assotsiatsiyasi” ittifoqini tuzish tashabbusini ilgari surgan.

2015 yil 22 may kuni Sian shahrida “Ipak yo‘li universitetlari assotsiatsiya” tashkil etildi va Sian deklaratsiyasi qabul qilindi. Assotsiatsiyaga hozirga qadar 37 mamlakatdan 150 dan ortiq universitetlar a’zo hisoblanadi. Samarqand davlat universiteti mazkur tuzilmaga 2018 yilda a’zo bo‘lgan.

Samarqand davlat universiteti axborot xizmati.