Samokat ham transport hisoblanadi

Buyuk Britaniyada faqat ijaraga olingan samokatlardan foydalanishga ruxsat berildi. U soatiga 25 kilometr tezlikda yurish dasturi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Bunday samokatlarda faqat qat’iy cheklangan zonalarda – piyodalar yo‘lagi, yurish qismiga kirmaydigan joylarda yurish mumkin. Qoida buzilgan hollarda jarima undiriladi.

“Hamma gap shundaki, - deb yozadi «Mir novostey» (2021 y 24-son), - ushbu mamlakatda qonun elektrsamokatlarni yengil avtotransport turiga kiritgan. Shuning uchun raqam belgisi va sug‘urta polisi, boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi, boshga shlyom kiyilgan bo‘lishi lozim.

Parijda ham piyodalar yo‘lagida samokatda harakatlanish taqiqlangan, biroq velosiped yo‘laklarida va hatto odatdagi yo‘llarda yurish mumkin. Yo‘l harakati qoidalari buzilsa 135 yevro jarimaga tortiladi.

Germaniyada samokatda yuruvchi piyoda hisoblanmaydi – odatdagi haydovchi hisoblanadi, u samokat haydash huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo‘lishi lozim. Bu mamlakatda har yili politsiya tomonidan 200-300 ta samokat haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinadi. Qizig‘i shundaki, ularning aksariyati pastligi uchun jazolanadi.

***

Uchburchak maktublar

Urush yillarida xat qarindosh-urug‘lar bilan xabarlashib turadigan yagona vosita bo‘lganini hozirgi kishilar tasavvur qilolmaydi. Pochtachi hayotini xavf ostida qoldirib, o‘q-yomg‘ir ostida xatni egasiga yetkazib bergan.

Ular jangchilarni g‘alabaga ishonchini mustahkamlash, yovga qarshi nafratini kuchaytirishda xat nechog‘liq muhim rol o‘ynagani, kimdir ota-onasidan, kimdir sevgilisidan, kimdir qadrdon do‘stidan olgan xat jangovar ruh bag‘ishlashini yaxshi bilishgan.

Har oyda dala pochtasi xodimlari tomonidan 70 million dona xat egalariga yetkazib berilgan. Butun urush yillari davomida frontga 6 milliarddan ko‘p maktub yetkazilgan, deb xabar beradi «Mir novostey» (2021 y 24-son) haftanomasi Ikkinchi jahon urushi boshlanganligining 80 yilligi oldidan bergan sahifasida.

T.Shomurodov tayyorladi.