Samrqand shahrida o‘tgan ikki oyda 32 ta yong‘in qayd qilingan

Yong‘inlarning 30 tasi aholi yashash xonadonlarida ro‘y bergan, oqibatda 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan.
Yaqinda sodir bo‘lgan olov bilan bog‘liq ko‘ngilsiz voqea hududda fuqaroning beparvo bo‘lmaganligi tufayli bartaraf etilib, katta zararning oldi olindi.
Joriy yilning 4-mart kuni soat 13:03 da Samarqand shahar Katta Ariq mahallasida yashovchi kishi fuqarolar yig‘ini raisiga hududdagi Beruniy ko‘chasi 50-uydan tutun chiqayotganligi to‘g‘risida xabar qilgan. Mahalla raisi o‘rinbosari hamda hudud profilaktika inpektori bilan aytilgan uyga borib, tutun chiqayotganligini ko‘rgach qo‘l telefoni orqali 101 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib tezkor xabar bergan. O‘z navbatida mahalla faollari uyga kirib, ichkarida bo‘lgan fuqaro yordam ko‘rsatgan.
Yong‘inga joyiga shahar FVB 1-son yong‘inga qarshi kurashish qismidan 2 ta yong‘in o‘chirish ekipaji va 1 ta maxsus yong‘in o‘chirish ekipaji jalb etildi. Bartaraf etilgan yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda.
Ofatdan tan jarohat olganlar bo‘lmasa-da, yashash uyining 15 metr kvadrati va uy jihozlar yonib zararlangan.
J.Lapasov,
Samarqand shahar FVB inspektori, leytenant.