Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosiga suiqasd qilishda gumonlanayotgan ikki shaxs qo‘lga olindi
- 20.09.2019 10:26
- 65
- Xorij
Sankt-Peterburgning Krasnogvardeysk sudi tomonidan O‘zbekiston fuqarosiga tajovuz qilgan ikki shaxs hibsga olindi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Gumonlanuvchilar asli moskvalik bo‘lib, Kulev Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining 6-bosqichida o‘qiydi, Smolikov esa ishsiz.
Ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchilar 1987 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik yigitning yuziga ko‘zni yoshlantiruvchi modda sepgan va ko‘kragiga kamida uch marta pichoq bilan jarohat yetkazgan. Jarohat olgan yigit shifoxonaga yetkazilgan.
Gumonlanuvchilar 17 sentyabr kuni qo‘lga olingan va ular ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov davomida ular ayblarini tan olmay, ko‘rsatmalar berishdan bosh tortmoqda.
Teglar:
Sankt-Peterburg
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand