Sardoba suv ombori hududida qolib ketgan ikki nafar fuqaro harbiy vertolyot yordamida qutqarildi

Sirdaryo viloyatining “Sardoba” suv ombori dambasi o‘pirilishi oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilingan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari tomonidan yurtdoshlarimizga ko‘rsatilayotgan qahramonona ishlar uzluksiz davom ettirilmoqda.

Favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududlarning borish qiyin joylarida razvedka-qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Qidiruv davomida ikki kishining hayoti qutqarildi. Vertolyotga olingan bu ikki fuqaro zudlik bilan Sirdaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan Mudofaa vazirligining harbiy mobil tibbiy markaziga olib kelindi.

Ularning biri 1985 yilda tug‘ilgan Erkin Omonov bo‘lib, 1 oyog‘i jarohatlangan.

Ikkinchisi 1996 yilda tug‘ilgan Fayzullo Qodirovning tana harorati ko‘tarilgan.

Oqoltin tumanidan vertolyot aviatsiyasi yordamida samo sarlochinlari evakuatsiya qilgan ushbu bemorlarga Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali shifokorlari tez tibbiy yordam muolajalarini ko‘rsatdi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti ma’lum qildi.