Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantiriladi

Unga ko‘ra:

• Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni ta’minlash, shuningdek, Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini joriy etish va SYaER (Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati)dan samarali foydalanish uchun zarur apparat-dasturiy infratuzilma yaratiladi.

•  SYaERni shakllantirishda Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar axborot bazasiga, Ko‘chmas mulk ob’yektlari yagona reyestri va Ko‘chmas mulk ob’yektlari manzillari yagona reyestriga muvofiq saylovchi-fuqarolar, ularning doimiy va vaqtincha yashash joylarining manzillari to‘g‘risidagi yagona axborotdan foydalaniladi.

• O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini joriy etish va SYaERdan foydalanishda yagona texnologik yondashuvni, shuningdek, ularning hududlarda samarali ishlashini ta’minlaydi.

 • "UNICON.UZ" – "Fan-texnika va marketing tadqiqotlari" DUK Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini yaratish, yanada takomillashtirish va unga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi, shuningdek, uning samarali va uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.

•  O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Ko‘chmas mulk ob’yektlari manzillarining yagona reyestri va Ko‘chmas mulk ob’yektlarining yagona reyestrini yuritish uchun javobgar organ hisoblanadi.

•  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bosh prokuratura, Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2019 yil 1 aprelga qadar muddatda:

• fuqarolarni uyma-uy yurib o‘rganish orqali ularning pasport ma’lumotlarini ko‘chmas mulk ob’yektining kadastr raqamiga bog‘lagan holda Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlar axborot bazasidagi fuqarolarning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari to‘g‘risidagi axborotni to‘liq dolzarblashtirishni o‘tkazishni;

• tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari rahbarlarini uyma-uy yurib o‘rganishni tashkil etishga jalb etishni;

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda fuqarolarning pasport ma’lumotlarini ko‘chmas mulk ob’yektining kadastr raqamiga bog‘lagan holda Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlar axborot bazasini Ko‘chmas mulk ob’yektlarining yagona reyestriga va Ko‘chmas mulk ob’yektlari manzillarining yagona reyestriga muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi.