Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisi 5 fevral kuni o‘tkaziladi

2021 yil 1 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisini 2021 yil 5 fevral kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda bir qator masalalar, shu jumladan, “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi, “Xalqlar do‘stligi kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.