Seul markazida poyezd relsdan chiqib ketdi, Turkiyada avtobus, Italiya janubida vertolyot halokatga uchradi
* Seulda poyezd shahar markazi bekatlardan biriga yaqinlashib kelayotganda sodir relsdan chiqib ketgan, kamida 30 nafar yo‘lovchi jarohat oldi, deya xabar bermoqda «Ryonxap» axborot agentligi.
Hodisa vaqtida poyezdda jami 275 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Turkiyaning Bolu shahrida esa migrantlar bo‘lgan avtobus ishtirokidagi YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 32 kishi jarohat oldi, 2 kishi ahvoli og‘ir deya ma’lum qildi Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja.
Shuningdek, Italiya janubidagi Puglia shimolida g‘oyib bo‘lgan vertolyot Fodjiya provinsiyasidagi Kastel Pagano di Aprisena qishlog‘ida topildi. Halokatga uchragan vertolyot bortidagi 7 kishining barchasi: ikki uchuvchi, tez yordam shifokori va to‘rt nafar sloveniyalik sayyoh oila halok bo‘lgan.