Shaharlarni kosmik ko‘zgu bilan yoritish nega kerak?

Odamlar orasida Roskosmos orbitaga shaharlarni yoritish uchun kosmik apparatga o‘rnatilgan qudratli ko‘zgularni sinab ko‘ryapti, degan xabar tarqaldi. Gap «Znamyach» seriyasidagi eksperiment loyihalar haqida bormoqda.

Bu keng «yelkanli» yorug‘lik qaytargichlar quyosh nurini yerga yo‘naltiradi. Aks nur oy nuridan 5-10 marotaba kuchli. Bunday 7-8 kilometr hajmdagi nur qaytargichlarni boshqarish orqali yorug‘ni bir joyda uzoq ushlab turish mumkin. Bunday ko‘zgu bilan butun bir hududni yoritish qishda, ayniqsa shimoliy hududlarni oydin qilsa bo‘ladi, deb yozadi «AiF» (2021 yil, 21-son) gazetasi.

Yovuz hashoratlar

Chivinlar chaqishidan allergiyaga uchraydigan odamlar ko‘p. Ayniqsa, Kamchatka, Sibir, Uzoq Sharq, Turkiya, Tailand, Zanzibar, Shimoliy Amerika kabi joylarda bu yovuz hashoratlar insonlar hayoti uchun g‘oyat xatarli. Shu bois mutaxassislar sayyohlarga boradigan mamlakatlarda epedemik holat haqida ma’lumot olishni, zarur bo‘lsa turli yuqumli kasalliklarga qarshi emlanishni tavsiya etishadi.

Nahotki, oddiy beozor ko‘ringan chivinlar shunchalik xavfli bo‘lsa. "Xavfli bo‘lganda qandoq, - deb yozadi «Mir novostey» (2021 y 211-son) gazetasi. - Qadimgi yaponlarda jinoyatchi qiynoqqa solib qatl etish qo‘llanilgan. Yalang‘och jinoyatchini botqoqqa... pashshalarga talatishgan. Qanchalik beozor bo‘lmasin to‘da-to‘da bo‘lib o‘ljaga tashlangan pashshalar bir zumda jinoyatchini talab o‘ldirgan".

Yubilyarga sovg‘a

Rossiyada 50, 55, 60, 65, 70 yil birga umr kechirganlarni yubileyida pul mukofoti beriladigan bo‘ldi.

2021 yil birinchi yanvardan boshlab, masalan, Moskvada bu mukofot 50 yil birga yashaganlarga – 5000 rubl, 55 yil uchun – 6000 rubl, 60 yil uchun – 7000 rubl, 70 yil va undan ziyod uchun – 9000 rubl yubileyga nafaqa to‘lashni mahalliy ijtimoiy ta’minot muassasalari amalga oshiradi, deydi «Mir novostey» haftanomasi.

T.Shomurodov tayyorladi.