Shaharni chiqindilardan kim tozalaydi?

Olti oy burun Samarqand shahridagi xonadonlar, tashkilot va muassasalardan chiqayotgan chiqindi bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish to‘liq "Maroqand Obod" davlat unitar korxonasi zimmasiga yuklatilgandi. Samarqand shahridagi chiqindilarni tashish ishlari bilan "Maroqand Obod" davlat unitar korxonasidan tashqari, "Toza hudud" davlat unitar korxonasi hamda ikkita xususiy korxona shug‘ullanardi.

O‘tgan yilning sentyabridan boshlab "Toza hudud"ning shahar bo‘limi barcha texnikalari bilan "Maroqand Obod" davlat unitar korxonasiga topshirildi. Chiqindi tashish bilan shug‘ullanuvchi ikkita tadbirkorlik sub’yekti ham talabga javob bermagani uchun yopildi. Korxona ilgari shahardagi 62 mahallaga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugunga kelib shaharning 208 mahallasiga xizmat ko‘rsatyapti. Buning uchun 200 nafardan ziyod ishchi-xodim jalb etilgan, korxonaning 50 ta texnikasi bor.