“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
- 27.04.2019 15:08
- 244
- O‘zbekiston
Nizomga muvofiq, festival har ikki yilda bir marta avgust oyining uchinchi o‘n kunligida Samarqand shahrida Madaniyat vazirligi tomonidan o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etuvchilarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- konsertlarda chiqish tajribasiga egaligi;
- tanlov va festivallarda qatnashganligi;
-madaniyat va san’at sohasidagi yuqori tashkilotlar yoki festival direksiyasining tavsiyanomasiga egaligi;
-yoshi 18 yoshdan yuqori bo‘lishi.
Tanlovda ishtirok etishni istagan san’atkorlar va jamoalar festival o‘tkaziladigan yilning 1 iyunigacha info@sharqtaronalari.uz manziliga hujjatlarni yuborishi lozim.
Hukumat qarori (354-son, 25.04.2019 y.)
Teglar:
Sharq taronalari
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Aql bovar qilmas qotillik
- Kecha, 21:07
- Mutolaa
Pangat otlarining dovrug‘i qani?
- 20/12, 13:35
- O'qing, qiziq!