Shaxsni tasdiqlovchi hujjatga nikoh qayd etilgani to‘g‘risida belgi qo‘yish bekor qilinadi
- 15.03.2022 17:41
- 103
- Qonun va hujjatlar

Prezident tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.
Mazkur hujjat bilan biometrik pasport o‘rniga ID-kartalari joriy etilayotganligi sababli ayrim kodekslar va qonunlarga ID-karta tushunchasi kiritildi.
Shuningdek, ID-kartalarni, xorijga chiqish biometrik pasportini yo‘qotganlik, ularni yaroqsiz holga keltirganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Oila kodeksida bolalarning tug‘ilishini qayd etish ota-onasining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida 1 oy ichida amalga oshirilishi belgilandi.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga nikoh qayd etilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilishiga oid norma chiqarib tashlandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
"Oyoqqa turib olay..."
- Kecha, 17:56
- Mutolaa
JSST yangi epidemiya haqida ogohlantirdi
- Kecha, 14:35
- Salomatlik