Shifoxonaga 5-marta kelganida virusologik tekshiruv uchun namuna olingan fuqaroda koronavirus aniqlandi
- 15.04.2020 20:05
- 699
- COVID-19
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i Sodiqjon Berdialiyev koronavirusga test topshirishda yuzaga kelayotgan kamchiliklarni ma’lum qildi.
“Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro 19 mart kunidan 4 aprel kuniga qadar, ya’ni 16 kun mobaynida tana harorati ko‘tarilib, holsizlik sezayotgani bois 4 marta Yunusobod tumanidagi 51- oilaviy poliklinikaga va 1 marta 7-shahar klinik shifoxonasiga murojaat qilgan.
Shifokorlar unga tibbiy yordam va muolajalar ko‘rsatib, uyiga ketishiga ruxsat berishgan.
Ushbu fuqaroning sog‘lig‘i og‘irlashib, beshinchi marta shifoxonaga murojaat qilganidan so‘nggina undan virusologik tekshiruv uchun namuna olingan.
Tekshiruv natijasida unda koronavirus aniqlanib, u va u bilan muloqotda bo‘lgan 30 nafar fuqaro karantinga olindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa