Shimoliy Koreya AQShga tahdid qildi

Shimoliy Koreya Koreys yarim orolida urush boshlansa, AQShni yo‘q qilib yuborish bilan tahdid qildi. Bu haqda TASS nashri KXDRning Rossiyadagi elchisixonasi diplomatlari so‘zlariga tayanib ma’lum qildi.

Diplomatlar asosiy maqsadi KXDRga shiddatli hujumlar uyushtirish maqsadida Koreys yarim oroliga harbiy baza joylashtirish bo‘lgan Amerika harbiylari, joriy yilda Janubiy Koreyada turli harbiy “o‘yinlar” amalga oshirayotganini ta’kidladi. Shuningdek, elchixona vakillari Shimoliy Koreyada ularga kim qo‘l ko‘tarsa, yo‘q qilib yuborishga qodir yadroviy qurol mavjudligini eslatib o‘tdi.

“Yangi Koreys urushi insoniyatga yana bir olamshumul fojia olib keladi. Bu voqea nomi AQSh bo‘lgan yana bir imperiyaning yo‘q bo‘lishiga sabab bo‘ladi”, deya ta’kidlashdi Pxenyan vakillari.