Shimoliy Koreya AQShning Pxenyanga qarshi "provokatsiyalarini bas qilish"ga chaqirdi
“AQSh shuni yodda tutishi kerakki, agar u bir necha bor e’tiroz va ogohlantirishlarga qaramay KXDRga qarshi dushmanona va provokatsion harakatlarini davom ettirsa, buni KXDRga qarshi urush e’lon qilinganidek baholanishi mumkin”, deydi KXDR TIV AQSh departamenti rahbari Kvon Jong Geun.
Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, “Qo‘shma Shtatlar bu qanday oqibatlarga olib kelishini tushunishi kerak”.
Bayonotda ta’kidlanishicha, Koreya yarimorolidagi harbiy keskinlik kuchayishini to‘xtatishning yagona yo‘li - AQSh aniq pozitsiyasini namoyon qilishi, ya’ni “Janubiy Koreyada strategik aktivlarini joylashtirish majburiyatidan voz kechishi va turli kod nomlari ostida KXDRga qarshi qo‘shma mashg‘ulotlarni to‘xtatishidir"
Rasmiyning aytishicha, Pxenyan 20 fevral kuni AQSh va uning tarafdorlari BMT Xavfsizlik kengashining KXDR bo‘yicha yig‘ilishini chaqirib, Shimoliy Koreya tomonidan qit’alararo ballistik raketa uchirilishini qoralaganidan “o‘ta norozi”.
Bayonotda ta’kidlanishicha, agar BMT Xavfsizlik Kengashi Koreya yarim orolida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash borasida realist bo‘lsa, “AQSh va Janubiy Koreyani strategik aktivlarni joylashtirish va keng ko‘lamli harbiy tanglikni kuchaytirish kabi harakatlarini uchun keskin qoralashi kerak bo‘ladi”.