Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi yuqori lavozimga tayinlanadi(mi?)

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjonning lavozimi ko‘tarilgan ko‘rinadi. Bu haqda Janubiy Koreyaning «Ryonxap» agentligi ma’lum qildi.

Shu tariqa, jurnalistlar Koreya Markaziy telegraf agentligi xabarlarida KXDRning avvalgi rahbari Kim Chen Ir vafotiga bag‘ishlangan tadbirlarda Koreya Mehnat partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosining sakkiz nafar amaldagi a’zolari orasida Kim Yo Chjon ham tilga olingan. Bundan tashqari, mamlakat rahbarining singlisi Siyosiy byuro a’zosi bo‘lgan uch siyosatchi yonida suratga tushgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, garchand bu borada hozircha rasmiy xabarlar bo‘lmasa-da, bularning barchasi Kim Yo Chjon yuqoriroq lavozim – Siyosiy byuro a’zosi yoki hech bo‘lmaganda deputatlik lavozimini egallaganidan darak beradi.

Kim Yo Chjon 2017 yildan buyon KXDR Siyosiy byuro a’zosi. Biroq 2021 yil yanvar oyida u mamlakat boshqaruv organining yangilangan tarkibiga kiritilmagani ma’lum bo‘ldi. O‘shanda ommaviy axborot vositalari bunday qaror uzoq vaqtdan beri mamlakatda ikkinchi shaxs hisoblangan Kim Yo Chjon avvalgi ta’sir va qudratini yo‘qotganligidan dalolat berishi mumkin, deb taxmin qilishgan edi.