Shimoliy Koreya — Janubiy Koreyaga, Janubiy Koreya esa Shimoliy Koreyaga: Raketa uchirish davom etmoqda
Bugun Shimoliy Koreya uchta ballistik raketa uchirdi, ulardan biri Janubiy Koreyaning Sokcho shahridan 57 kilometr sharqda dengizga quladi, ikkinchisi – Janubiy Koreyaning Ulleungdo oroli tomon uchgan raketa undan 167 kilometr shimoli-g‘arbga tushdi, uchinchisi Sariq dengizdagi ikki Koreya bilan bahsli dengiz chegarasiga qulagan, deb xabar berdi «Renxap» agentligi.
Raketaning parvoz yo‘nalishi tufayli sirenalar – havo ogohlantirishi ishga tushdi. Aholi yerto‘la va boshpanalarga yashiringan.
Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlari ham Shimoliy Koreyaning raketa uchirilishiga javoban chizig‘idan shimoldagi xalqaro suvlarga uchta havo-yer raketasini uchirdi va ulardan biri chegara chizig‘idan janubga, Yaponiya dengiziga tushdi, deya ma’lum qildi Birlashgan shtab boshliqlari.
Bundan tashqari, Shimoliy Koreya bugun Yapon dengizi va Sariq dengizga kamida 10 ta raketa uchirgan. Raketalardan biri ikki Koreya tarixida birinchi marta Janubiy Koreya hududiga juda yaqin tushgan bo‘lib, Seul buni "kechirib bo‘lmaydigan holat" deb atadi.
KXDR NLL chegara liniyasini tan olmaydi. U Koreya urushi (1950-1953) tugaganidan keyin Seul va BMT qo‘mondonligi tomonidan bir tomonlama asosda tashkil etilganini ta’kidlaydi. Shimoliy Koreya bu safar birinchi marta Janubiy Koreya hududlari, jumladan, Ulyondo oroli tomon ballistik raketalarni uchirdi.