Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga tahdid qilmoqda
Shimoliy Koreya hukumati mamlakat haqida haqoratli so‘zlar yozilgan varaqalar tarqatganligi uchun Jonubiy Koreyadan o‘ch olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar berdi KXDRning markaziy Rodong Sinmun nashri.
Maqolada Shimoliy Koreya xalqining bo‘lgan ishlardan “qattiq jahli chiqqanligi” yozilgan.
Ilgariroq, Shimoliy Koreyada mamlakat hukumati haqida tanqidiy so‘zlar yozilgan varaqalar tarqatilganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Janubiy Koreya Respublikasining birlashgan vazirlik mutaxassislari, mazkur varaqalar Janbuiy Koreyaning “Ozod Koreya uchun kurash” va “Kinsem” nodavlat tashkilotlari tomonidan tarqatilganligi haqida xabar berdi. Vazirlik vakillari yuqorida ko‘rsatilgan tashkilotlarni javobgarlikka tortish va siyosiy faoliyat olib borish litsenziyalarini bekor qilish talabi bilan politsiyaga murojat qildi.
Shimoliy Koreyaning Rodong Sinmun markaziy gazetasi jurnalistlari mamlakat rahbarlari sha’niga behurmatlik qilingan varaqalarni KXDR aholisi xalqqa nisbatan qilingan haqorat, deb qabul qilganini ma’lum qildi.
“Bizning yengilmas inqilobiy armiyamiz qasos olish amaliyotini amalga oshiradi”, deya yozilgan maqolada.
Shimoliy Koreya tomonidan qilingan tahdid oqibatida Janubiy Koreya harbiy kuchlari jangovar tayyorgarlikni yuqori darajaga ko‘tardi va Shimoliy Koreya qurolli kuchlari tomonidan olib borilayotgan harakatlarni kuzatishni kuchaytirdi.