Shimoliy Koreya koronavirus sababli Janubiy Koreyaga tahdid qildi
Kim Chen In Shimoliy Koreyada koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qildi, uning singlisi koronavirus tufayli Seul hukumatini yo‘q qilish bilan tahdid qildi. Uning ta’kidlashicha, KXDRga "xatarli virus" tarqalayotgan varaqalar va jihozlarlar Janubiy Koreyadan yuborilmoqda.
“Shimoliy Koreya yetakchisi mamlakatga kirib kelgan yangi koronavirusni yo‘q qilish bo‘yicha favqulodda epidemiyaga qarshi kampaniyada g‘alaba qozonganini tantanali ravishda e’lon qildi”, deya Janubiy Koreyaning "Renxap" axborot agentligi xabaridan iqtibos keltirgan Shimoliy Koreya OAVlari.
Shimoliy Koreya 12 may kuni mamlakatda lixoradka (bezgak)ning birinchi holati haqida xabar bergan edi. Xorijlik mutaxassislarning fikricha bu koronavirus bo‘lgan. Bungacha, butun pandemiya davrida Pxenyanda kasallik holatlari qayd etilmagan. Uch kundan so‘ng bezgak bilan kasallanganlar soni 392 920 nafarga yetgan. O‘shandan beri kasallanganlar sonining pasayish tendensiyasi kuzatilgan bo‘lsada, mamlakatda 4,77 milliondan ortiq odamda kasallik aniqlangan.
May oyida Kim Chen In KXDRda koronavirus tufayli “to‘satdan” favqulodda vaziyat yuzaga kelganini ma’lum qildi. Kasallik tarqalishini to‘xtatish uchun hukumatni «oyoqqa turg‘azdi» va mamlakat albatta COVID-19 ustidan g‘alaba qozonishiga va’da berdi.
Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi, Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Kim Yo Chjon esa agar Janubiy Koreya hukumati koronavirusning Shimoliy Koreyaga kirib kelishini ta’minlasa, Pxenyan ularni yo‘q qilishini aytdi.
“Dushman respublikamizga virus kirib kelishini qo‘zg‘atuvchi xavfli harakatlarda davom etsa, biz bunga nafaqat virusni, balki Janubiy Koreya rasmiylarini ham yo‘q qilish bilan javob beramiz”, deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan «Renxap»agentligi.