Shimoliy Koreya yadroviy sinovga tayyorgarlikni yakunladi

Yadroviy sinovga tayyorgarlik yakunlanganini Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol parlamentdagi chiqishi vaqtida ma’lum qilgan. Bu haqda Bloomberg xabar tarqatdi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Pxenyanda so‘nggi besh yil ichida yadroviy qurilma portlashi birinchi marta muqarrardir. “Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, [КХДР расмийлари] yettinchi yadroviy sinovga tayyorgarlikni allaqachon yakunlagan”, — dedi Yun Sok Yol va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In hukumati yadro qurolidan oldindan foydalanish tarafdori ekanini qo‘shimcha qildi.

Qo‘shma Shtatlar, Janubiy Koreya va Yaponiya yadro sinovi uchun Shimoliy Koreyani jazolashga va’da berib, bu BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyalarini buzish ekanini ta’kidlamoqda.

Avval xabar berganimizdek, 6 oktyabr kuni Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon ikkita ballistik raketa uchirgan edi. Mamlakat rasmiylari buni AQSh va Janubiy Koreya raketali mashg‘ulotlarga javob deb atadi.