Shimoliy Koreyaning raketa uchirishi butun dunyoga tahdid ekanligi aytildi
Yaponiya mudofaa vaziri Nobuo Kisi jurnalistlarga bergan intervyusida KXDR raketalarni uzluksiz uchirishi xalqaro hamjamiyat, jumladan, Yaponiya uchun jiddiy xavf tug‘dirishini aytdi.
"2019 yil may oyidan buyon Shimoliy Koreya tez-tez raketa sinovlarini o‘tkazib kelmoqda. Maqsad - raketa texnologiyasini takomillashtirish ekanligi aniq. Shimoliy Koreyaning davomli raketa sinovlari butun xalqaro hamjamiyat, jumladan Yaponiya uchun jiddiy tahdid solmoqda", dedi u NHK telekanali efirida uzatilgani matbuot anjumanida.
Kisi, shuningdek, raketa sinovlari munosabati bilan "ma’lumot to‘plash va tahlil qilishni davom ettirish va barcha ehtiyot choralarini ko‘rishni buyurganini" ta’kidladi.
Yaponiya Mudofaa vazirligi rahbari raketalarning spetsifikatsiyalar ehtimoli haqidagi jurnalistlar savoliga izoh berar ekan, "tafsilotlarni tahlil qilish hali ham davom etayotganini" ta’kidladi.
Bugun, 19 oktyabr kuni Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Shimoliy Koreya raketalari uchirilishi munosabati bilan mamlakat bo‘ylab ish safarini to‘xtatdi va Tokioga qaytmoqda, deya xabar beradi NHK.
Avvalroq, 12 oktyabr kuni Janubiy Koreya harbiylari KXDR Yapon dengizi tomon noma’lum snaryad otgani haqida xabar bergan edi. Keyinchalik ballistik raketa sinovdan o‘tkazilgani aniqlandi. «Renxap» agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu suvosti ballistik raketasi (BRPL) bo‘lishi mumkin. O‘sha kuni Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida KXDRdan ikkita raketa uchirilganini aytdi.