Sigirlar nega zinadan ko‘tarila oladi-yu lekin pastga tusholmaydi? Chumolilar uxlaydimi-yo‘qmi?
🔹 Charlz Darvin ish joyida tezroq harakatlanish uchun ish kursisining oyoqlariga g‘ildirak bog‘lashni o‘ylagan birinchi odam edi.
🔹 O‘rdaklarning g‘ag‘illashi aks-sado bermaydi, buning sababini hech kim bilmaydi.
🔹 Sigirlar zinada ko‘tarila oladi, lekin pastga tusha olmaydi.
🔹 Chumolilar har 12 soatda 8 daqiqa uxlashadi. Bundan tashqari, ular miyasining ish faoliyati uxlash vaqtida ham yuqori darajada saqlanib qolinadi.
🔹 Chayonga hatto juda oz miqdorda berilgan spirtli ichimlik ham uni aqldan ozdiradi, u o‘zini o‘zi chaqib o‘ldiradi.
🔹 Hozirning o‘zida dunyo aholisining 1 foizi kuchli alkogol mastlik holatida.
🔹 AQSh dengiz kuchlari tarkibida dunyodagi barcha mamlakatlar flotidagiga qaraganda ko‘proq samolyotlar uchishi va qo‘nishi uchun moslangan harbiy tashuvchi kemalar bor.
🔹 Qo‘shma shtatlarda har daqiqada marixuanani noqonuniy yetishtirish yoki tarqatish bilan bog‘liq hibsga olishlar sodir bo‘ladi.
🔹 Amerikaliklarning atigi 55 foizi Quyosh yulduz ekanligini biladi.
🔹 Aslida daraxtlar tuproqdan emas, havodan o‘sadi. Ha, ular minerallarni tuproqdan oladi, ammo karbonad angidrid gazi Quyosh yordamida kislorod va uglerodga ajralib ularga havo orqali o‘tadi.
🔹 Inson tanasi doimo o‘z hujayralarni almashtirib har o‘n yilda yangilanib turadi.
🔹 Bluetooth atamasi – daniya tilidan Blåtand so‘zining inglizcha moslashuvi bo‘lib, u ko‘k rangli tish degan ma’noni bildiradi. Bu X asrda Daniyada yashagan Vikinglar qiroli ko‘k tishli Xarald I ning laqabi edi. Ushbu shohni old tishi qorayganligi sababli unga bu nom berilgan.
🔹 Olmosni soxtasidan farqlash uchun unga qarab nafas olish kerak: soxta tosh bug‘ bilan qoplanadi, haqiqiy tosh esa shaffofligicha qoladi.
🔹 Buyuk Britaniyadagi 100 ming pichoqdan yasalgan zo‘ravonlik va tajovuzga qarshi Anxel yodgorligi, shu jumladan politsiya tomonidan jinoyat joylaridan olingan pichoqlardan yasalgan.
Bahora Muhammadiyeva to‘pladi.