Singlisini it hujumidan saqlash uchun o‘zini unga tutib bergan 6 yoshli bolakay taqdirlandi

Ijtimoiy tarmoqlar hamda Butunjahon boks ittifoqi tvitter sahifasiga ko‘ra, bolakay Frijer Uoker o‘z hayotini xatarga qo‘yib singlisini it hujumidan saqlab qolgan.

Ma’lum qilinishicha, aka-singil sayr qilayotgan vaqtda ularga it tashlangan. Bridjer esa o‘z vaqtida singlisini to‘sib qolgan.



6 yoshli bolakay hatto yuzini it g‘ajib tashlagan bo‘lsa-da singlisining qo‘lidan tutib uni xavfsiz joyga yetkazish uchun yugurgan.

"Agar hozir kimdir o‘lishi kerak bo‘lsa, o‘sha men bo‘lishim kerak deb o‘yladim", - dedi keyinchalik mitti qahramon.

Bolakayni zudlik bilan shifoxonaga yetkazishgan va uzoq jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Chunki uning yuzini it g‘ajib tashlagan edi. Bridjerning yuziga 90 ta chok tushgan.

Bu voqeadan xabar topgan Butunjahon boks ittifoqi 6 yoshli bolani faxriy chempion deb tan oldi.

"Bridjer Uokerni WBC faxriy chempioni deb tan olish biz uchun katta sharaf. Uning bu ishi insondagi eng yaxshi fazilatlar ifodasidir. Bridjer, sen qahramonsan!", - deyiladi tashkilot rasmiy Tvitter sahifasida.