Sog‘inch tolalari tortildi tarang...
- 01.02.2020 10:58
- 70
- Mutolaa
Kubarro Bahromova kamtarin, dilkash, samimiy ayol! She’rlarida ham samimiylik bor. Shoiraning “Bahor sog‘inchlari”, “Kuz yomg‘iri”, “Munojot”, “Yoz o‘tdi”, “Umrim fasllari”, “Obod dillar diyori”, “Kuz gullari” kabi she’riy to‘plamlari qatoriga yaqinda “Menga do‘st kerak” nomli she’riy to‘plami ham qo‘shildi. “Mashhur-Press” nashriyoti tomonidan chop etilgan ushbu kitobda ham shoiraning ko‘ngil kechinmalari o‘ziga xos topilmalar, samimiy satrlar orqali o‘rin olgan.
Osmon yana yig‘ladi yum-yum,
Yer yuzini yuvdi yoshlari.
Kubarro Bahromovaning she’rlarida odamiylik, do‘stlik ulug‘lanadi. Mehr-muhabbat, ahillik tuyg‘ulari qadrlanadi. Ijodkorning ushbu to‘plamidan o‘rin olgan she’rlar qalblarga shukronalik, mardlik, mehr, bolalik va yoshlik damlari sog‘inchi kabi go‘zal tuyg‘ularni jo qiladi.
Sog‘inch tolalari tortildi tarang,
Mehr rishtalari boylanaverdi...
To‘lqin SIDDIQOV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa