Sog‘lom raqobat muhiti yaratiladi yoki xususiy uy-joy mulkdor shirkatlari 515,8 million so‘m noreal qarzdorlik yozgan
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoloyatini tartibga solish yo‘nalishida o‘tgan uch oyda 2697 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 2460 tasi uy-joy va kommunal, 126 tasi savdo va umumiy ovqatlanish, 69 tasi aloqa va ijtimoiy xizmatlar, 42 tasi reklama va boshqa sohalarni tashkil etadi.
Olib borilgan ishlar natijasida iste’molchi foydasiga qayta hisob-kitob qilingan 1 milliard 885,1 million so‘m mablag‘ undirib berildi.
O‘rganish davrida boshqaruv servis kompaniyalari va xususiy uy-joy mulkdor shirkatlar tomonidan 6845 iste’molchiga 515,8 million so‘mlik mablag‘ iste’molchilar bilan qayta hisob-kitob qilinib, noreal qarzdorlik iste’molchilar hisobidan chiqarildi.
“FAIR TECh” yagona axborot tizimiga kelib tushgan murojaatlar asosida 62 ta dorixonada ustamalar ortiqcha qo‘llanilgani o‘rganilib, tahlil qilindi. Shundan 27 tasida 769,1 million so‘m ortiqcha mablag‘ pul olingani aniqlanib, 308,7 million so‘mi iste’molchilarga qaytarildi. 360,4 million so‘m iste’molchini aniqlash imkoni bo‘lmagani uchun byudjetga undirildi.
Reklamalarni joylashtirilishi va tarqatilishi bo‘yicha amalga oshirilgan o‘rganish (monitoring)larda qonun hamda qaror talablariga mos kelmaydigan 1176 holat aniqlangan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 1130 ta kamchilik joyida bartaraf etilgan, 41 holatda kamchilik muddatida bartaraf etilmaganligi sababli reklama egalariga nisbatan 797 million so‘m moliyaviy sanksiyalar qo‘llanildi.
O‘tgan uch oy davomida o‘zganing tovar belgisidan va unga o‘xshash bo‘lgan tovar belgilaridan egasining roziligisiz foydalanish bilan bog‘liq 3 ta murojaat o‘rganilgan. Ushbu murojaatlarni o‘rganish natijasida insofsiz raqobatga yo‘l qo‘ygan korxonalarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.
Shuningdek, 424 ta tanlov savdolari o‘rganilib, 416 tasida 426 ta kamchilik aniqlandi. Shundan 7 holatda ishtirokchilar o‘rtasida affillanganlik, 3 tasida buyurtmachi va ishtirokchilar o‘rtasida affillanganlik, 416 tasida savdo o‘tkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish aniqlandi.
Qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan korxonalarga davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishini bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Hududiy boshqarma tomonidan viloyatda sog‘lom raqobat muhiti yaratishni ta’minlash hamda raqobatni rivojlantirish bo‘yicha tegishli ishlar davom ettiriladi.
Azamat Hamroqulov,
viloyat raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i.