Soliq to‘lovchilar e’tiboriga
- 18.02.2021 20:59
- 119
- Iqtisodiyot
Joriy yilning 18 fevralidan boshlab, Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasida “Soliqchi-ko‘makchi – nalogovik-pomoщnik” tamoyili asosida malakali mutaxassislardan iborat qo‘shilgan qiymat solig‘ini noqonuniy hisobga olish, shuningdek soliq to‘lovchilarning faoliyatidagi boshqa muammolar yechimi yuzasidan ishchi guruhi tuzildi.
Mazkur ishchi guruhi tadbirkorlik sub’yektlariga QQS bilan bog‘liq masalalar, xususan, to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlarni kamaytirib ko‘rsatish, QQSni noqonuniy hisobga olish, soliq to‘lovchilarning faoliyatidagi boshqa muammolar yechimi yuzasidan maslahatlar beradi.
Yuzaga kelgan barcha muammoli masalalarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan siz mutaxassislarga viloyat davlat soliq boshqarmasiga tashrif buyurgan holda yoki quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishingiz mumkin.
Shuningdek, telegram messenjeridagi SoliqMaslahatchilari guruh orqali ham o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborotxizmati.