Soliq to‘lovchilarga ayrim hollarda soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi
- 02.12.2020 17:45
- 86
- Qonun va hujjatlar
“2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra:
➖ qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqni ko‘paytirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmlari bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020 yil uchun belgilangan stavkalardan 50 foizga pasaytirildi;
➖ 2020 yil 1 apreldan 2020 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotini chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im to‘lashdan ozod qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, soliq to‘lovchilarga ayrim hollarda soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari bo‘yicha foizsiz kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.