Soliqchilar tadbirkorga ortiqcha hisoblangan QQS summasini qaytarib berdi
Bugungi kunda soliq xizmati idoralarining asosiy vazifasi tadbirkorlarga ko‘maklashish, ya’ni “Soliqchi - tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida ish olib borish qilib belgilangan.
Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari ham shahar hududida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlarini soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan doimiy xabardor qilib, ularga amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 550 ta korxona rahbar hamda bosh hisobchilari bilan muloqot qilib ularning oylik, choraklik hisobotlarini elektron tarzda yuborishga amaliy ko‘mak berildi. Onlayn nazorat kassa mashinasidan foydalanish va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar, imtiyozlar tushuntirib berildi. Bundan tashqari, QQS to‘lovchisi sifatida soliq rejimiga o‘tgan 9 ta korxonaning faoliyati o‘rganildi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun chet davlatlardan uskunalar olib kelib o‘rnatayotgan 13 ta korxonaga soliq qonunchiligi bo‘yicha maslahat berilib, bitta korxonaga yer olish uchun Past Darg‘om tumani hokimligiga xat chiqarishda ko‘maklashildi.
Bevosita korxonalarga borib ularning faoliyati o‘rganilmoqda. "YA TEKSTIL GROUP" MChJ ip-kalava ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadi.
- Shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlaridan telefon orqali soliqqa oid savollarimga javob olaman, maslahat so‘rab turaman, - deydi korxona hisobchisi Mansur Abdumurodov. - Pandemiya davrida qilgan murojaatimizni tezkorlik bilan ko‘rib chiqib 500 million so‘m hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini hisob raqamimizga qaytarib berishdi.
Bekmirza Ahmedov,
Samarqand shahar DSI xodimi.