So‘nggi bir hafta ichida dunyo bo‘ylab rekord darajada koronavirus holati qayd etildi
- 29.10.2020 07:49
- 164
- COVID-19
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, so‘nggi bir hafta ichida dunyo bo‘ylab rekord darajadagi 2,8 million nafar odamda COVID-19 infeksiyasi qayd etilgan. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.
JSST ma’lumotiga ko‘ra, 19 oktyabrdan 25 oktyabrga qadar bo‘lgan muddatda dunyo bo‘ylab 2 884 604 nafar odam koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan. Shu bilan birga, 39 712 nafar bemor vafot etgan. Qayd etilgan kasallanish soni avvalgi haftaga nisbatan 16 foizga (12–18 oktyabr), o‘lim holati esa 8 foizga oshgan.
O‘tgan hafta davomida eng ko‘p kasallanish holati Yevropada (1 335 914 holat), shuningdek, Shimoliy va Janubiy Amerikada (884 318 holat) qayd etilgan.
Teglar:
JSST