Spirtli ichimliklar do‘konlari nega ishlayapti? Bu zaruriy oziq-ovqat emasku?!
- 03.04.2020 15:33
- 607
- O‘zbekiston
AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov bu savolga javob berdi:
"Sizga tushunarli qilib javob berishga harakat qilaman: agar biz spirtli ichimliklarni yoki sigaret mahsulotlarining savdosini to‘xtatib qo‘ysak, odamlar bu mahsulotni uyda qo‘lbola tayyorlashni boshlaydi. Bu esa o‘z navbatida, ko‘plab kasalliklarga olib keladi.
Hozir bizga endi odamlarning qo‘lbola spirtli ichimlikdan zaharlanib o‘lishi yetmay turgan edi.
Agar bilsangiz, tarixda bu davrdan o‘tganmiz. O‘tgan asrning 80-yillarida sobiq Ittifoq hukumati «suxoy zakon» e’lon qilgan. Ya’ni, spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish va savdosi to‘xtatilgan. Shu davrda odamlarning qo‘lbola tayyorlangan spirtdan zaharlanib o‘lishi 400 foizga oshib ketgan. Mana, savolingizga aniq javob", dedi G‘iyosov.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa