«Sputnik V» vaksinasini olmoqchi bo‘lganlar qayerga murojaat qilishi kerak?

Saytimiz o‘quvchilaridan keyingi kunlarda «Sputnik V» vaksinasini olish uchun qayerga murojaat qilish mumkinligini so‘rab, savol yo‘llayotganlar soni ko‘paydi.

O‘quvchilarimizning bu savollariga javob olish maqsadida viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi axborot xizmatiga murojaat qildik.

Bizga ma’lum qilishlaricha, ayni paytgacha keltirilgan 900 dona «Sputnik V» vaksinasi bilan asosan 65 yoshdan oshgan aholi hamda tibbiyot xodimlari emlangan.

Ushbu vaksina mamlakatimizga, shu jumladan, viloyatga ham yana keltirilishi kutilmoqda. Vaksina keltirilishi hamda qaysi manzilda amalga oshirilishi bo‘yicha jamoatchilikka albatta, ma’lum qilamiz, deya izoh berishdi soha vakillari.