SSV: Koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni yana ikkitaga ko‘paydi

Bundan bir muddat oldin Istanbuldan kelgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida xabar bergan edik. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, uning turmush o‘rtog‘ida ham ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan. Shu bilan birga, Londonda bo‘lib qaytgan yana bir mamlakatimiz fuqarosida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Har ikki fuqaro ham qat’iy tibbiy nazoratda bo‘lgan. Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 15 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.