SSV: Koronavirusga gumon qilingan fuqaro bozor hududiga kirishga ulgurmagan

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi “Farhod” bozoridagi ehtiyot qismlar rastalari tadbirkorlaridan birida yuqori harorat kuzatilganligi tufayli bozor yopib qo‘yilganligi haqidagi xabarlar e’lon qilingan edi.

Aslida esa shu kuni bozor hududiga kiraverishda o‘rnatilgan tibbiy  tekshiruvlar davomida bir nafar fuqaroda yuqori harorat aniqlangan va u darhol izolyasiyaga olingan edi.

Koronavirusga gumon qilingan fuqaro bozor hududiga kirishga ulgurmagan. Kechaning o‘zida 1989 yilda tug‘ilgan (erkak)  ushbu fuqarodan koronavirusga o‘tkazilgan diagnostik tahlil unda “Covid-19”  infeksiyasi  aniqlanmaganligini ko‘rsatdi, deya ma’lum qildi SSV matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga qaraganda, shu kunlarda mazkur bozorda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda va ularning yakuniga ko‘ra, bozor ishga tushishi rejalashtirilgan.